AMIR TEMUR DAVRI MADANIYATINING YOSHLAR MADANIYATINI YUKSALTIRISHDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Amir Temur yengilmas buyuk sarkarda, jahonni qariyb yarmini zabt etgan fotih bo‘lish bilan birga ilm-fanga, bunyodkorlikka, adolat va ma’rifat rivojiga homiylik qilishni muqaddas burchi deb bilgan. Bu haqda uning davlatchilik siyosati va harbiy yurishlari to‘g‘risida kitoblar yozgan tarixchi olimlar keng ma’lumot beradi. Amir Temurning siyosati va ma’naviy olami to‘g‘risida dunyo bo‘ylab ko‘plab tarixiy va badiiy asarlar yozilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Sohibqiron Amir Temur shaxsi va siyosati haqidagi fikrlari bu ulug‘ zotning ma’naviy qiyofasini to‘la-to‘kis ifodalab, uni qora dog‘lar bilan sharhlovchi kimsalarning qarashlarini yolg‘on va bo‘xtondan iborat ekanligini fosh etadi. “Shu o‘rinda buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to‘htalishimiz tabiiydir, - deb yozadi Islom Karimov. Chunki tensiz azmu shijoat, martlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi”[1]. [1] Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2008. 44-45-бет



