遇见数据集

INGLIZ TILINI OʻQITISH BOʻYICHA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqsad. Oʻzbekistonda 2012–2026-yillarda ingliz tilini oʻqitish sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmuni, bosqichlari va natijalarini xalqaro tajriba kontekstida tizimli tahlil qilish. Usul. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning kontent-tahlili, rasmiy statistika va EF EPI indeksi (2018–2025) ma’lumotlarining ikkilamchi tahlili, qiyosiy-tipologik tahlil. Natija. Islohotlar uch bosqichda – institutsional asos yaratish (2012–2013), standartlashtirish (2013–2020), sifat va ragʻbatlantirish (2021-yildan) – rivojlandi. Sertifikatga ega xorijiy til oʻqituvchilari ulushi 2021-yildagi 4 foizdan 2026-yil boshida 80 foizga yaqin darajaga koʻtarildi, biroq aholining amaliy til kompetensiyasini aks ettiruvchi EF EPI koʻrsatkichlari ijobiy dinamikaga ega emas (2025-yil: 123 davlat orasida 104-oʻrin). Xulosa. Sertifikatlash va moddiy ragʻbatlantirish samarali “kirish” indikatorlarini ta’minlagan boʻlsa-da, oʻquv dasturi, darslik va baholash tizimlarining uygʻunligi hamda oʻqitish sifatiga yoʻnaltirilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi natijalarga erishishning hal qiluvchi sharti ekani asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务