MAKTAB BIOLOGIYA DARSLARIDA MIND MAP TEXNOLOGIYASINING SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
“Tayanch-harakatlanish a’zolarining tuzilishi” mavzusi maktab biologiya kursining eng poydevor, shu bilan birga o‘quvchilar idrok qilishi qiyin bo‘lgan mavzularidan biridir. Skelet tizimi, suyaklarning kimyoviy tarkibi, mikroskopik tuzilishi, bo‘g‘imlar turlari va muskullar topografiyasini an’anaviy (asosan matnga asoslangan) metodlar bilan tushuntirish ko‘p hollarda quruq yodlashga (yodaki bilishga) sabab bo‘ladi. Bu esa bilimlarning qisqa muddatli xotirada qolib ketishiga va tez unutilishiga olib keladi.Ushbu muammoni hal etishda Mind Map (Intellektual xaritalar/Fikrlar xaritasi) texnologiyasi eng samarali innovatsion pedagogik vositalardan biri hisoblanadi. Inson miyasining radiar (tarmoqlangan) fikrlash tabiatiga asoslangan ushbu texnologiya murakkab anatomik ma’lumotlarni vizuallashtirish, tizimlashtirish va mantiqiy zanjirga solish imkonini beradi.



