YAPON LIGUSTRUMI (LIGUSTRUM JAPONICUM THUNB.) VA XITOY LIGUSTRUMI (LIGUSTRUM SINENSE LOUR.) TURLARINI VEGETATIVE KO'PAYTIRISHDA STIMULYATORLARNING TA'SIRI
收藏资源简介:
Yapon ligustrumi (Ligustrum japonicum Thunb.) va Xitoy ligustrumi (Ligustrum sinense Lour.) turlarini vegetativ usulda ko‘paytirishda o‘sish stimulyatorlarining ta’siri keng o‘rganilib tahlil qilingan. Tadqiqotlarda turli stimulyatorlar orqali ishlov berib ekilgan qalamchalardagi quyidagi o‘zgarishlar o‘rganilgan qalamchalarning ildiz hosil qilishi, ildiz olish foizi, qalamchalardagi ildizlar soni, uzunligi hamda qalamchaning yer ustki qismining o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tajribalarda olingan natijalar o‘sish stimulyatorlari qalamchalarning ildizlanish jarayonini jadallashtirishi, ildiz hosil bo‘lish foizini oshirishi va ko‘chatlarning keyingi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari asosida Yapon va Xitoy ligustrumlarini vegetativ ko‘paytirishning samarali agrotexnologik usullarini haqida ma’lumotlar tayyorlandi hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun sifatli ko‘chatlar yetishtirishning amaliy ahamiyati o‘rganildi.



