AMIR TEMUR MEROSIDAN RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHDA FOYDALANISH ZARURATI
收藏资源简介:
Bugungi kun talabiga javob beradigan rahbar kadrlarni tayyorlashda Amir Temur merosi muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. U o‘z davrining talab va ehtiyojlarini anglab yetgan, bilimdon, ruhan kuchli, insonparvar, ilmli, dono va strateg rahbar sifatida shakllangan edi. Albatta unda bu ilm nazariya bilan birgalikda amaliyot orqali mustahkamlangan edi. Amir Temur shaxsida yirik siyosatchi siymosi bilan birga buyuk insoniylik ham uyg‘unlashgan edi. Uning har bir harakati va to‘plagan ilmi inson farovonligi, haqiqat va adolat tantanasiga qaratilgan edi. Shuning uchun ham u o‘z davrida eng yuksak siyosiy mavqega erisha oldi va uning siyosiy maktabi boshqalarga ham asrlar davomida ibrat bo‘ldi. Amir Temur tarixda o‘tgan davlat rahbarlarining eng baxtli kishilaridan sanaladi. Shuning uchun ham uning ibratli hayotini butun dunyo olim va siyosatchilari qiziqish bilan o‘rganadilar.



