遇见数据集

SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA TANQIDIY FIKRLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

收藏
Zenodo2026-08-13 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada sun’iy intellektning jadal rivojlanayotgan davrda tanqidiy fikrlashning psixologik xususiyatlari va uni rivojlantirishning ilmiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida tanqidiy fikrlashning psixologik mexanizmlarini aniqlash, ushbu texnologiyalarning insonning fikrlash faoliyatiga ta’sirini aniqlash hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning samarali psixologik-pedagogik yondashuvlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari sun’iy intellektning ta’lim jarayonini individuallashtirish, murakkab axborotni tahlil qilish va mustaqil o’rganishni qo’llab-quvvatlash imkoniyatiga ega ekanligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, undan tanqidiy yondashuvsiz foydalanish tayyor javoblarga ortiqcha tayanish, mustaqil tahlil qilish faolligining pasayishi, o’z fikrini asoslash ko’nikmalarining sustlashishi va ilmiy manbalarni tanlashda xatolarga olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Tadqiqot yakunida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muammoga asoslangan ta’lim, reflektiv tahlil, dalillarga asoslangan fikrlash hamda sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务