O'ZBEKISTONDA AGRO-INNOVATSIYALAR JORIY ETILISHIDAGI INSTITUTSIONAL VA BOZOR CHEKLOVLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda agro-innovatsiyalarni joriy etish jarayonidagi asosiy institutsional va bozor cheklovlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish darajasi mavjud texnologiyalar yetishmasligi bilan emas, balki institutsional muhit, ma’lumotlar infratuzilmasi va bozor mexanizmlarining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Xususan, davlat platformalarining ma’muriy yo‘naltirilganligi, agro-startaplar faoliyatining cheklanganligi, fermerlarning raqamli savodxonligi pastligi hamda iqtisodiy rag‘batlarning yetishmasligi asosiy to‘siqlar sifatida aniqlangan. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun yagona agro-raqamli platforma yaratish, ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va fermerlar uchun iqtisodiy rag‘batlarni kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi sektorini modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.



