MAQOM REPERTUARI ASOSIDA VOKAL MAHORATINI SHAKLLANTIRISH
收藏资源简介:
Maqolada an’anaviy musiqa ta’limining muhim tarkibiy qismi sifatida maqom repertuari asosida vokal malakalarni shakllantirish jarayoni yoritiladi. Maqom kuylashga xos bo‘lgan lad-intonatsion tizim, melizmatika, cho‘zma frazalash hamda she’riy matnning ifodaviy roli kabi xususiyatlar ochib beriladi. Maqom repertuarining kuylash nafasi, tovush olib borish, intonatsion barqarorlik va vokal ifodaviylikni rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, maqom asarlari asosida vokal ta’limini tashkil etishning bosqichma-bosqich metodik yondashuvlari yoritilib, ular orqali vokal-texnik hamda badiiy-ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqom kuylashning o‘quvchilarda musiqiy eshitish qobiliyati, emotsional sezgirlik va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ta’kidlanadi. Maqolada maqom repertuaridan vokalchilarning professional tayyorgarligi jarayonida foydalanish hamda milliy musiqiy meros an’analarini saqlashning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi.



