遇见数据集

TALABALARNING O'QUV PORTFOLINI (E-PORTFOLIO) BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI ASOSIDA YURITISH TIZIMINI JORIY ETISHNING DIDAKTIK VA TASHKILIY AFZALLIKLARI

收藏
Zenodo2026-01-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning o‘quv yutuqlari, kompetensiyalari va kasbiy rivojlanishini hujjatlashtirishda blokcheyn texnologiyasi asosida e-Portfolio yuritish tizimini joriy etishning didaktik va tashkiliy afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida an’anaviy va markazlashtirilgan elektron portfolio platformalarining cheklovlari, xususan ma’lumotlarning o‘zgartirilishi xavfi, tekshiriluvchanlikning pastligi va talaba avtonomiyasining cheklanishi asoslab beriladi. Blokcheyn texnologiyasining o‘zgarmaslik, markazsizlashtirish va shaffoflik kabi xususiyatlari e-Portfolio tizimining ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada aqlli shartnomalar yordamida portfolio ma’lumotlarini tasdiqlash, kirish huquqlarini boshqarish va akademik halollikni mustahkamlash imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, blokcheyn asosidagi e-Portfolio tizimining konseptual modeli taklif etilib, unda raqamli identifikatsiya, ma’lumotlarni gibrid saqlash va uchinchi tomonlar tomonidan mustaqil tekshirish mexanizmlari tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, talabalarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda akademik hujjatlarning global darajada tan olinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务