遇见数据集

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda qo'llanilayotgan innovatsion yondashuvlar mahalliy metodik adabiyotlar hamda xalqaro tizimli sharh va meta-tahlillar asosida ko'rib chiqilgan. Tahlilga Web of Science va Scopus bazalarida indekslangan manbalar, shuningdek O'zbekiston ta'lim tizimida o'tkazilgan empirik tadqiqotlar jalb qilingan. Oltita yo'nalish alohida ajratilgan: raqamli o'yinga asoslangan ta'lim (DGBL), raqamsiz didaktik o'yin va manipulyativlar, hisoblash tafakkurini (computational thinking) integratsiyalash, erta sanoq ko'nikmalarini rivojlantiruvchi maqsadli aralashuvlar, STEAM yondashuvi hamda matematik tashvishni (mathematics anxiety) kamaytirish. Har bir yo'nalish bo'yicha meta-tahlillarda qayd etilgan effekt hajmlari qiyoslangan va ularning O'zbekiston boshlang'ich ta'limi amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilingan. Tahlil natijasida innovatsion vositalarning samaradorligi ularning texnologik "yangiligi" bilan emas, balki metodik integratsiya darajasi, aralashuvning aniq maqsadga yo'naltirilganligi va o'qituvchi tayyorgarligi bilan bog'liqligi ko'rsatib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务