遇见数据集

SENSOR INTEGRATSIYASIGA ASOSLANGAN AUTIZM SPEKTRI BUZILISHIGA CHALINGAN BOLALARNING XULQ-ATVOR VA HISSIY RIVOJLANISHINI O'RGANISH

收藏
Zenodo2026-04-16 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada autizm spektrining buzilishi (ASB) bo'lgan bolalarning xulq-atvor va hissiy rivojlanishida sensor integratsiyasining roli o'rganiladi. Dunyo bo'ylab ASBning tarqalishi ortib borayotgan sharoitda samarali, dalillarga asoslangan aralashuv strategiyalariga ehtiyoj tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Sensorni qayta ishlashdagi qiyinchiliklar ASBning asosiy xususiyati bo'lib, ko'pincha bolalarda xulq-atvor muammolari va hissiy disregulyatsiyaga olib keladi. Tadqiqot moslashuvchan xulq-atvor, hissiy barqarorlik va ijtimoiy o'zaro ta'sir ko'nikmalarini yaxshilash vositasi sifatida sensor integratsiya yondashuvlarini qo'llashga qaratilgan. Strukturaviy sensor faoliyat, o'yin asosidagi terapiya va individual qo'llab-quvvatlash dasturlari kabi turli xil aralashuv usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, sensor integratsiya strategiyalaridan doimiy foydalanish bolalarning his-tuyg'ularini tartibga solish, atrof-muhit stimullariga mos ravishda javob berish va noto'g'ri xatti-harakatlarni kamaytirish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada ASB bilan kasallangan bolalarning umumiy rivojlanishini rag'batlantirishda erta tashxis qo'yish va maqsadli pedagogik va terapevtik yordamning ahamiyati ta'kidlangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务