MEHNAT MIGRATSIYASI VA UNING IQTISODIY OQIBATLARI
收藏DataCite Commons2026-05-03 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20008404
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada mehnat migratsiyasining nazariy asoslari, uning yuzaga kelish sabablari hamda zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni keng yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar va milliy statistik ma’lumotlar asosida dunyoda va O‘zbekistonda migratsiya jarayonlarining o‘sish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda mehnat migratsiyasining asosiy omili sifatida ish haqi farqlari, bandlik imkoniyatlari va turmush darajasini yaxshilash istagi muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, mehnat mobilligining geografik, kasbiy va ish joyi mobilligi kabi turlari hamda ularning mehnat bozoriga ta’siri alohida o‘rganilgan. Maqolada mehnat migratsiyasining ijobiy jihatlari — aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish, xorijiy valyuta tushumlarini ko‘paytirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati — bilan bir qatorda, uning salbiy oqibatlari, jumladan “miya oqimi”, noqonuniy migratsiya, ijtimoiy himoya muammolari va migrantlar huquqlarining yetarli darajada ta’minlanmasligi ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida mehnat migratsiyasini samarali boshqarish, ichki mehnat bozorini rivojlantirish, kasbiy mobillikni oshirish, qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda migrantlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslab berilgan.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-03



