BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LUG'AT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini rivojlantirishda vizualizatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolaning nutqiy rivojlanishi, fikrlash qobiliyati hamda kommunikativ kompetensiyasining shakllanishida muhim davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish keyingi ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatning muhim omili sanaladi. Maqolada rasm, sxema, infografika, jadval, multimedia vositalari kabi vizualizatsiya texnologiyalarining yangi so‘zlarni o‘zlashtirish, eslab qolish va nutqda faol qo‘llashdagi imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ko‘rgazmali vositalardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va lug‘at boyligini sezilarli darajada kengaytirishini ko‘rsatadi.



