遇见数据集

HOZIRGI MAKTAB O'QUVCHILARI ORASIDA POSTURAL BUZILISHLAR VA ULARNING FIZIOLOGIK ASORATLARI

收藏
Zenodo2026-04-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada hozirgi maktab o‘quvchilari orasida keng tarqalib borayotgan postural buzilishlar, ularning etiologik omillari, rivojlanish mexanizmlari hamda inson organizmiga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda skolioz, kifoz va lordoz kabi asosiy postural deformatsiyalar, ularning muskuloskeletal tizimga, nafas olish, qon aylanish va asab tizimlariga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Hozirgi maktab o‘quvchilari orasida keng tarqalib borayotgan postural buzilishlar muammosi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda postura tushunchasining nazariy asoslari, uning inson organizmi uchun fiziologik ahamiyati hamda tayanch-harakat tizimining normal rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, skolioz, kifoz va lordoz kabi asosiy postural deformatsiyalar, ularning etiologik omillari va patogenez mexanizmlari ilmiy manbalar asosida izohlangan. Maqolada maktab o‘quvchilarida postural buzilishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar — noto‘g‘ri o‘tirish odatlari, ergonomik jihatdan nomoslashgan o‘quv jihozlari, jismoniy faollikning yetishmasligi, gipodinamiya va zamonaviy raqamli texnologiyalardan ortiqcha foydalanish kabi jihatlar chuqur tahlil qilingan. Ayniqsa, gadjetlarga qaramlik natijasida yuzaga kelayotgan “oldinga egilgan bosh sindromi” (forward head posture)ning salbiy ta’siri alohida ta’kidlangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务