SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINING QAMROVINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar sifati va aholining qamrovini oshirish masalalari universal sog‘liqni saqlash qamrovi (Universal Health Coverage – UHC) konsepsiyasi doirasida kompleks tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining hozirgi holatini chuqur tahlil qilish, mavjud institutsional va tizimli muammolarni aniqlash hamda xalqaro tajriba asosida samarali rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va Jahon banki ma’lumotlari asosida UHC indeksining mohiyati, uning asosiy indikatorlari hamda O‘zbekistonning ushbu indeks bo‘yicha holati o‘rganiladi. Shuningdek, Xitoy, Vetnam va Indoneziya tajribasi asosida tezkor o‘sish omillari aniqlanib, O‘zbekiston uchun optimal rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, majburiy milliy tibbiy sug‘urta tizimini to‘liq joriy etish UHC indeksini oshirishning eng muhim omili hisoblanadi. Tahlil natijasida sog’liqni saqlash siyosatini takomillashtirish,tibbiy xizmatlar sifati va aholining qamrovini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



