INTELLEKTUAL VA TEXNOLOGIK SALOHIYATNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda intellektual va texnologik salohiyatning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiyot sharoitida bilim, innovatsiya va texnologik resurslarning iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashdagi roli yoritilgan. Ilmiy manbalar asosida intellektual va texnologik salohiyatning tarkibiy elementlari umumlashtirilib, ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tizimli yondashuv asosida baholandi. Shuningdek, mazkur salohiyatni rivojlantirish orqali innovatsion faoliyatni faollashtirish, hududiy rivojlanishni jadallashtirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari intellektual va texnologik salohiyatni iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida baholash va undan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.



