遇见数据集

ISTIQLOL DAVRI TANQIDCHILIGINING ASOSIY TAMOYILLARI

收藏
Zenodo2026-04-14 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘zbekistonning istiqlol yillarida shakllangan adabiy tanqidchilikning mazmun-mohiyati, metodologik yangilanishlari va tamoyillari yoritiladi. Mustaqillik davri adabiyotida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy haqiqatni qayta baholash hamda ijodkor shaxsining badiiy-estetik dunyosini teran talqin qilishga intilish tanqidchilikning asosiy yo‘nalishlari sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tanqidchilikda ilmiylik va xolislik mezonlarining mustahkamlanishi, yangicha tahlil uslublarining paydo bo‘lishi, adabiy jarayonni yoritishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi hamda ijod erkinligini ta’minlovchi muhitning shakllanishi tahlil qilinadi. Istiqlol davri tanqidchiligi zamonaviy adabiyotning rivojlanish tendensiyalarini ochib berish, ijodiy maktablar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tadqiq qilish hamda badiiy fikrning yangilanishiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy tizim sifatida baholanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务