MADANIY MEROS AGENTLIGINING MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISHDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Mazkur tezis Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatiga bagʻishlangan. Unda mamlakatimiz hududida joylashgan tarixiy obidalar, arxeologik yodgorliklar, me'moriy inshootlar hamda boshqa moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, davlat roʻyxatiga olish, restavratsiya qilish va muhofaza etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, agentlikning madaniy meros obyektlarini ilmiy jihatdan oʻrganish, ularni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi faoliyati yoritilgan. Tezisda moddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish zarurati hamda bu borada davlat siyosatining oʻrni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.



