TIL VA TAFAKKURNING OʻZARO DIALEKTIK BOGʻLIQLIGI
收藏资源简介:
Maqolaning maqsadi til va tafakkur o'rtasidagi dialektik bogʻliqlikni nazariy jihatdan yoritish va ularning ozʻaro tas'ir mexanizmlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy yondashuv va konseptual umumlashtirish usullari qoʻllanildi; Vygotskiy, Bruner, Habermas, Piaget, Engels va Lenin qarashlari solishtirildi. Tahlil natijalari til va tafakkur bir-biridan ajralgan ikki hodisa emas, balki ozʻaro vositachilikka asoslangan dialektik birlik ekanini korsʻatdi. Tafakkur til birliklari orqali shakllanadi, aniqlashadi va ijtimoiy tajribada mustahkamlanadi; til esa mavjud fikrni ifodalash bilangina cheklanmay, yangi tushunchalar, umumlashtirishlar va baholash mezonlarini hosil qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, ma'no individual ongda emas, balki muloqot jarayonida muvofiqlashishi aniqlandi. Xulosa shuki, til va tafakkur munosabatidagi ziddiyatli birlik bilishning rivojlanishi, tushunchalarning aniqlashuvi va ijtimoiy ongning barqarorlashuvida muhim rol o'ynaydi; ta'limda esa nutqiy faoliyatni faollashtirish va tushunchalarni izohlash orqali oz'lashtirish zarur.



