FARG'ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI ORASIDA PSIXOEMOTSIONAL STRESS DARAJASI VA ARTERIAL GIPERTENZIYA KO'RSATKICHLARI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
收藏资源简介:
Psixoemotsional stress yoshlar salomatligiga, ayniqsa yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biridir. Talabalar orasida o‘quv jarayonining yuqori yuklamasi, imtihonlar va ijtimoiy omillar stress darajasining oshishiga olib keladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari orasida psixoemotsional stress darajasini baholash va uning arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda 180 nafar talaba ishtirok etdi. Stress darajasi standartlashtirilgan so‘rovnoma yordamida, arterial qon bosimi esa klinik talablar asosida o‘lchandi. Natijalar talabalar orasida stress darajasi yuqori ekanligini va arterial gipertenziya ko‘rsatkichlari bilan ishonchli bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi.



