遇见数据集

RAQAMLI MAKROIQTISODIYOT SHAROITIDA BARQAROR O'SISH, TAVAKKALLAR VA STRATEGIK BOSHQARUV

收藏
Zenodo2026-08-06 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada raqamli makroiqtisodiyot sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli transformatsiyaning iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy barqarorlik va strategik boshqaruvga ta’sirini aniqlash hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan tavakkallarni baholashdan iborat. Tadqiqot davomida tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar iqtisodiy samaradorlikni oshirishi, resurslardan foydalanish unumdorligini yaxshilashi va davlat boshqaruvi sifatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, kiberxavfsizlik tahdidlari, raqamli monopolizatsiya, ma’lumotlar konsentratsiyasi va raqamli tengsizlik kabi omillar makroiqtisodiy barqarorlik uchun yangi xavflarni yuzaga keltiradi. Tadqiqot yakunida davlatning strategik siyosati, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalarni kengaytirish hamda institutsional islohotlarni chuqurlashtirish barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy sharti ekanligi asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务