遇见数据集

QURILISH MATERIALLARINI MAYDALASH USKUNALARI ISHCHI ELEMENTLARINING YEYILISHGA CHIDAMLILIGINI KOMPOZITSION QOPLAMALAR YORDAMIDA OSHIRISH

收藏
Zenodo2026-05-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan maydalash uskunalarining (jag‘li, konusli va bolg‘ali maydalagichlar) ishchi yuzalarini yeyilishga chidamliligini oshirish muammolari tadqiq etilgan. Maydalash jarayonida yuzaga keladigan abraziv va zarbli yeyilish mexanizmlari tahlil qilinib, ularning uskunalar unumdorligiga ta’siri baholangan. Tadqiqot davomida ishchi yuzalarni yuqori xromli cho‘yanlar (Cr15-Cr25) va termik ishlov berilgan legirlangan po‘latlar yordamida qoplash hamda sirtqi qatlamni plazmali va payvandlab qattiq qotishma bilan to‘ldirish usullari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yangi kompozitsion qoplamalardan foydalanish ishchi yuzalarning xizmat muddatini 1,8 dan 2,4 barobargacha oshiradi va elektr energiyasi sarfini kamaytirib, umumiy ish unumdorligini 15-20% ga jadallashtiradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务