RAQAMLI MULOQOT MUHITIDA O'ZBEK TILINING LEKSIK-SEMANTIK O'ZGARISHLARI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiyaning muhim maydonlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilining leksik-semantik tarkibi va uslubiy qo‘llanishidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Telegram, Instagram, Facebook va TikTok kabi platformalardagi muloqot misolida yangi so‘z va birliklarning paydo bo‘lishi, o‘zlashmalar, jargon va sleng, qisqartmalar, shuningdek, ixcham sintaktik qurilmalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, emoji, mem va stikerlarning mazmun yaratishdagi pragmatik vazifasi, yozma va og‘zaki nutq xususiyatlarining yaqinlashuvi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillari birliklarining bir matn doirasida qo‘llanishi yoritiladi. Tahlil natijalari ijtimoiy tarmoqlar o‘zbek tilining zamonaviy rivojlanish jarayonlarini kuzatish uchun muhim lingvistik muhit ekanini ko‘rsatadi.



