YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA ADVOKATURA ORGANLARIDA OLIB BORILGAN ISLOHOTLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida advokatura organlarida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari va amaliy natijalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, advokatura institutining mustaqilligini mustahkamlash, advokatlarning kasbiy faoliyatiga oid kafolatlarni kengaytirish, aholiga malakali yuridik yordam ko‘rsatish sifatini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida advokatura institutiga alohida bob ajratilishi uning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi konstitutsiyaviy o‘rnini yanada kuchaytirgani asoslab beriladi. Maqolada mazkur islohotlarning huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi strategik ahamiyati ochib berilgan.



