BURG'ILASH GIDRAVLIKASINI REAL VAQT REJIMIDA MONITORING QILISH VA AVTOMATIK ANIQLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
收藏资源简介:
Mazkur maqola burg‘ilash jarayonida gidravlik parametrlarni real vaqt rejimida monitoring qilish hamda ushbu ma’lumotlar asosida texnologik muammolarni, xususan, nasos samaradorligining pasayishi, oqim yo‘llarining o‘zgarishi va qatlamdan suyuqlik kirib kelishi (kick) hodisasini avtomatik aniqlash masalalariga bag‘ishlangan. Ishda burg‘ilash gidravlikasining asosiy parametrlari, ularni o‘lchash va tahlil qilish usullari, shuningdek, nasos ishga tushirilishida yuzaga keladigan o‘tkinchi bosim jarayonlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Moddiy balansga asoslangan avtomatik kick aniqlash konsepsiyasi taklif etilib, real ishlab chiqarish ma’lumotlari asosida uning amaliy samaradorligi baholangan. Olingan natijalar burg‘ilash xavfsizligini oshirish, avariya xavfini kamaytirish va burg‘ilash jarayonini boshqarish samaradorligini yaxshilash imkonini beradi.



