遇见数据集

"JINOYATLARNING OLDINI OLISHDA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI""

收藏
Zenodo2026-11-04 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoyatlarning oldini olishda huquqiy madaniyatning tutgan o‘rni va ahamiyati, jamiyatda huquqiy ong hamda huquqiy tafakkurni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Xususan, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash hamda qonuniylik prinsiplariga rioya etishning jinoyatchilik profilaktikasidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani kuchaytirish, huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar, huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish orqali jinoyatchilik darajasini kamaytirish, fuqarolarning qonunlarga ongli ravishda rioya etishini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ilgari suriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务