KICHIK KORXONADA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada kichik korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — raqamli texnologiyalarning quvvatdan foydalanishga ta’sir mexanizmini ochib berish va ularni kichik korxonalarga joriy etish yo‘nalishlarini asoslashdan iborat. Ishda buyumlar interneti (IoT), ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari (MES/SCADA), avtomatlashtirilgan OEE-monitoring, raqamli egizak, bashoratli tahlil, ERP va sun’iy intellekt texnologiyalarining quvvat yo‘qotilishini kamaytirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’sir mexanizmi uchta kanal — shaffoflik (ma’lumot olish), tezkorlik (qaror qabul qilish) va bashoratlash (oldini olish) orqali izohlangan. O‘zbekiston sharoitida «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasidagi imkoniyatlar va joriy etish to‘siqlari baholanib, kichik korxonalar uchun bosqichma-bosqich raqamlashtirish modeli taklif qilingan.



