遇见数据集

MAKTAB TA'LIMIDA JISMONIY TARBIYA FANI BORASIDAGI AYRIM ILMIY MULOHAZALAR

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Bolalar sportining rivojlanishi mamlakatimiz yoshlarining jismoniy va ma’naviy barkamollikka erishishida muhim vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Iqtidorli sportchilarimizning turli nufuzli musobaqalarda erishayotgan yutuqlari salmog’i yildanyilga ortib, Vatanimiz dovrug’ini butun dunyoga mashhur qilayotgani buning yorqin ifodasidir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov so’zlari bilan aytganda mamlakatimizning turli go’shalarida bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida bolalar sport bilan muntazam shug’ullanib, salomatligini mustahkamlamoqda. Bugun mamlakatimizda taqriban ikki millionga yaqin o’smir yoshlar sportning 30 dan ortiq ko’rinishlari bilan shug’ullanmoqda. Ular jismonan, sog’lom, kuchli, mard va qat’iyatli, ma’naviyatli va eng muhimi vatanparvar bo’lib kamolga yetmoqda. Sport orqali yoshlarning turmush tarzi, dunyoqarashi o’zgarmoqda. Sportga oid qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkil etilishi yurtimizda barcha sport turlari rivojini yangi bosqichga ko’tarish uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务