遇见数据集

BOKS SPORT TURI BILAN SHUG'ULLANUVCHILARDA MUVOZANAT SAQLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNI KOMPLEKS BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-02-02 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Tadqiqot 13–15 yoshli bokschilarning jismoniy va maxsus tayyorgarligida statik va dinamik muvozanat saqlash mexanizmlariga еtarli e’tibor berilmasligini ko‘rsatdi. Bu yoshda bo‘y o‘sishi va tana og‘irlik markazining yuqoriga ko‘chishi turg‘unlikni pasaytirib, zarba kuchini 30–40% ga kamaytirishi mumkin. Eksperimentda bazaviy mashg‘ulotlarga 15 ta maxsus mashq (bir oyoqda turish ko‘z yopiq, balans disk ustida aylanish va yurish, skakalka sakrash, juftlikda turtish, boks stoykasida qadam tashlash, zarba berishda muvozanat saqlash, reaktiv muvozanat, 90–360° burilishlar, bir oyoqda sakrash va boshqalar) joriy etildi.Mashg‘ulot tuzilmasi: tayyorgarlik (20–25 daq.), asosiy (45–55 daq. – muvozanat mashqlari), yakunlovchi (5–10 daq.). Mashqlar 30–40 soniya dam olish bilan 45–55 daqiqa davom etdi. Yuklama YuQCh (130–150 zarba/daq. me’yor, 170 dan yuqori bo‘lsa dam olish) orqali nazorat qilindi.Natijalar individual xususiyatlarni hisobga olgan holda muvozanat saqlashni rivojlantirish emotsional fonni oshirishi, koordinatsiyani yaxshilashi va jarohat xavfini kamaytirishini tasdiqladi. Taklif etilgan usullar yoshlar boksi amaliyotiga tavsiya etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务