BOLALAR SEREBRAL FALAJINING TURLI KLINIK SHAKLLARIDA TRANSKRANIAL MAGNIT STIMULYATSIYASINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada bolalar serebral falajining turli klinik shakllarida transkranial magnit stimulyatsiyasining (TMS) samaradorligi tahlil qilingan. Bolalar serebral falaji bolalarda harakat faoliyatining buzilishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan nevrologik kasalliklardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida TMSning spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, spastik tetraplegiya, diskinetik va ataktik shakllardagi bemorlarga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida baholandi. Natijalar TMSning motor funksiyalarni yaxshilash, mushak spastikligini kamaytirish va reabilitatsiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, spastik diplegiya va gemiplegiya shakllarida ijobiy klinik natijalar qayd etildi. TMSning kompleks reabilitatsiya dasturlari tarkibida qo‘llanilishi bolalar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.



