遇见数据集

SHISHA ISHLAB CHIQARISHDA KVARTS QUMLARINING ROLI: ILMIY NAZARIY TAHLIL VA TEXNOLOGIK DARAJASI

收藏
Zenodo2026-01-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati hududida mavjud kvarts qumlari va noyob yer elementlari asosidagi rang beruvchi qo‘shimchalardan foydalanib, bezatish maqsadlari uchun rangli shishalar sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mahalliy xomashyo asosida turli shisha tarkiblari ishlab chiqildi va ularning rang hosil qilish qobiliyati, shaffofligi, barqarorligi hamda estetik ko‘rsatkichlariga noyob yer elementlarining ta’siri sistematik ravishda o‘rganildi. Shuningdek, shisha sintezi jarayonidagi eritish va sovitish shartlari, qo‘shimcha rang beruvchi moddalar kontsentratsiyasi ham tadqiqot doirasida baholandi. Mahalliy kvarts qumlari va noyob yer elementlari asosida ishlab chiqilgan rangli shishalar rang intensivligi va shaffofligi bo‘yicha yuqori sifatga ega bo‘lib, bezak va qurilish materiallari sifatini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mahalliy xomashyolardan foydalanish shisha sanoatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va ekologik jihatdan barqaror texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatini taqdim etadi. Tadqiqot natijalari shisha ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tanlovi va texnologik parametrlarni optimallashtirishga ilmiy asos yaratadi va rangli shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishda amaliy qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务