five

ANTIBIOTIKLARGA QARSHILIK (AMR) - ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI GLOBAL MUAMMO

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20043273
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Antibiotiklarga qarshilik (AMR) - zamonaviy tibbiyotda global xavfsizlik tahdidi bo'lib hisoblanadigan murakkab muammo. Ushbu maqolada AMR ning biologik asoslari, rivojlanish mexanizmlari, epidemiologik xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshilik ko‘rsatishi tabiiy seleksiya jarayoni natijasida yuzaga keladi, ammo antibiotiklar noto‘g‘ri ishlatilishi bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi. Maqolada MRSA, VRE, CRE, MDR-TB va boshqa ko‘p dori preparatlariga chidamli patogenlar klinik ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Global statistikalar shuni ko‘rsatadiki, har yili 1,27 million kishi AMR natijasida bevosita vafot etadi, 4,95 million o‘lim esa AMR bilan bog‘liq asoratlar tufayli sodir bo‘ladi. Iqtisodiy ziyonlar yiliga 100 milliard dollardan oshib, tibbiyot tizimiga katta yuk tushadi. Qarshilik mexanizmlari orasida beta-laktamaza fermentlari sintezi, dori maqsadli joylarining o‘zgarishi, eflyuks nasoslarining faollashuvi va hujayra devori o‘tkazuvchanligining kamayishi asosiy hisoblanadi. WHO tomonidan taklif etilgan “One Health”yondashuvi inson, hayvonot va atrof-muhit salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidlaydi. AMR ga qarshi kurashda antimikrobial stewardship dasturlari, yangi antibiotiklar izlanishi, diagnostika usullarini takomillashtirish va xalqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Maqola O‘zbekistonda AMR monitoringi va nazorat tizimini rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidlaydi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务