遇见数据集

SOG'LOM SHAXSLARDA PSIXOEMOTSIONAL STRESS VA DOZALANGAN JISMONIY YUKLAMA PAYTIDA YURAK URISH CHASTOTASI HAMDA ARTERIAL QON BOSIMINING ADAPTIV JAVOB MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada sog’lom shaxslarda psixoemotsional stress va dozalangan jismoniy yuklama paytida yurak urish chastotasi hamda arterial qon bosimining adaptive javob mexanizmlari keng yoritiladi. Moslashishni talab qiladigan har qanday vaziyat stressga olib kelishi mumkin. Muayyan darajadagi stress foydali bo'lishi mumkin bo'lsa-da, haddan tashqari stress ishlashga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shaxslar stressga nisbatan turlicha qarashlari, talqinlari va yengish mexanizmlari bilan ajralib turadi. Inson tanasi stressga biologik funktsiyalardagi, ayniqsa vegetativ funktsiyalardagi o'zgarishlar bilan javob beradi. Talabalarda imtihondan oldingi va keyingi stressda yurak urish chastotasi hamda arterial bosim o’zgarishlari o’rganildi . Imtihondan oldin aksariyat talabalarda pulsning va arterial bosimning ortishi kuzatildi. Bularning barchasi stress darajasining o’zgarishi bilan bog’liq. Imtihondan oldingi stress darajasi va keyingi psixiologik tiklanish jarayonlarida pulsning o’zgarishining fiziologik asoslari o’zganildi. Ekspremental tajriba metoddan foydalanilgan. Ushbu tajriba Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-kurs talabalari ishtirok etdi. Puls o’zgarishi hisoblash orqali talabalardagi stress darajasi aniqlandi. Ma'lumotlarning statistik tahlili uchun Studentning bog'liq t-testi (Paired t-test) uslubidan foydalanildi. p < 0,001 statistik jihatdan ahamiyatli deb hisoblandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务