INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA KLIMAKSNING LINGVOKULTUROLOGIK MAZMUNI VA MILLIY TAFAKKURDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida klimaksning lingvokulturologik mazmuni hamda uning milliy tafakkurdagi o‘rni qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Klimaks nutqning emotsional, semantik va mantiqiy jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik vosita sifatida har ikki tilning lingvokulturologik xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda klimaksning ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llanish xususiyatlari, madaniy omillar bilan bog‘liqligi hamda milliy tafakkur va mentalitetni ifodalashdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Ishda lingvokulturologik, qiyosiy-tipologik, diskursiv va pragmatik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda ingliz va o‘zbek nutqida klimaksning funksional-semantik xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, har ikki tilda klimaksning badiiy matnlarda, publitsistik nutqda hamda kundalik kommunikatsiyada qo‘llanishi orqali milliy tafakkur, qadriyatlar, madaniy stereotiplar va mental xususiyatlar ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ingliz tilida klimaks ko‘proq individualizm, pragmatizm va mantiqiy izchillik asosida shakllanishi, o‘zbek tilida esa jamoaviylik, emotsionallik, hurmat va milliy qadriyatlar asosida rivojlanishi aniqlangan. Bu esa klimaksning lingvokulturologik vosita sifatida milliy tafakkurni ifodalashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik, pragmalingvistika hamda diskurs tahlili yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.



