TARBIYA FANINI O'QITISHDA ARALASH TA'LIM ASOSIDA TALABALARNING IJTIMOIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqola oliy ta’lim tizimida “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida aralash ta’lim texnologiyasining talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi rolini nazariy-tahliliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida aralash ta’limning mohiyati, uning talabalarda muloqot, hamkorlik va ijtimoiy moslashuvchanlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Ijtimoiy kompetensiya tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinib, “Tarbiya” fanining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uni raqamli va an’anaviy ta’lim uyg‘unligida tashkil etishning afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, pedagogik platformalarning ijtimoiy interaksiyani kuchaytirishdagi ta’siri bo‘yicha ilmiy mulohazalar keltirilgan. Tahlillar aralash ta’lim muhitining talabalarning intellektual va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.



