TUR MAHSULOTLARGA NARHNI SHAKLLANTIRISH STRATEGIYASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tur mahsulotlarga narxni shakllantirish strategiyasining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tur mahsulotning murakkab tuzilishi hamda uning tarkibiga kiruvchi xizmatlar majmuasi narx belgilash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berishi tahlil qilingan. Shuningdek, narx shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, jumladan xarajatlar, bozor talabi, raqobat muhiti va iste’molchilar xulq-atvori batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada turizm sohasida qo‘llaniladigan asosiy narx strategiyalari — xarajatlarga asoslangan, bozorga yo‘naltirilgan, differensial, dinamik va paketlash yondashuvlari tahlil qilinib, ularning amaliy ahamiyati ochib berilgan. Narx siyosatini to‘g‘ri shakllantirish turistik korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, xizmatlarni samarali sotish hamda foydani ko‘paytirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.



