RAQAMLI ASRDA ONA TILINING MILLIY QADRIYATLARNI SAQLASHDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada raqamli asrda ona tilining milliy qadriyatlarni saqlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Global madaniyatning ta’siri, texnologik taraqqiyot, ijtimoiy tarmoqlarning kengayishi va sun’iy intellektning tilga bo‘lgan ta’siri masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda til siyosati, ta’lim tizimi va raqamli texnologiyalarning ona tilini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilining raqamli platformalarda qo‘llanishi, onlayn ta’lim resurslari va mobil ilovalar orqali ommalashuvi haqida misollar keltirilgan. Maqolada, raqamli texnologiyalar orqali milliy o‘zlikni mustahkamlash va yosh avlodning ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirish yo‘llari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli makonda tilni to‘g‘ri rivojlantirish milliy qadriyatlarni saqlash va ularni global maydonga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.



