遇见数据集

OʻZBEKISTONNING TERRORIZMGA QARSHI KURASH TAJRIBASI

收藏
Zenodo2026-04-16 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati, uning shakllanish bosqichlari, huquqiy-me’yoriy asoslari hamda amaliy tajribasi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan strategik yondashuvlar, xususan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari, profilaktik choralar tizimi hamda ularning samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda radikalizm va ekstremistik g‘oyalarning oldini olishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Tadqiqot davomida mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, global xavfsizlik tizimidagi ishtiroki ham tahlil qilinadi. Natijada Oʻzbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi tizimli, kompleks va preventiv yondashuvga asoslanganligi, hamda ushbu model mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务