遇见数据集

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI BOLALAR ADIBLARI ASARLARINING O'QUVCHILAR HAYOTIDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-09-24 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf “O‘qish savodxonligi” darsliklarida berilgan bolalar adiblari va shoirlarining badiiy asarlari, ularning boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilar hayotidagi ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy, estetik va kommunikativ ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-yilda nashr etilgan 1–4-sinf “O‘qish savodxonligi” darsliklaridagi badiiy matnlar va ularga berilgan o‘quv topshiriqlari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim metodikasiga oid ilmiy manbalar o‘rganildi. Tahlil natijalari badiiy matnlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish, lug‘at boyligi, og‘zaki va yozma nutq, mustaqil fikrlash, axloqiy baholash, milliy qadriyatlarga munosabat hamda kitobxonlik qiziqishini shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Darsliklarda she’r, hikoya, ertak, rivoyat, maqol va boshqa janrlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning turli matnlarni anglash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. PIRLS 2021 natijalarida O‘zbekistonning o‘rtacha o‘qish savodxonligi ko‘rsatkichi 437 ballni tashkil etgani, PIRLS shkalasining markaziy nuqtasi esa 500 ball ekani boshlang‘ich ta’limda o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning dolzarbligini ko‘rsatadi [10]. Maqolada bolalar adiblari asarlaridan foydalanishni faqat matnni o‘qitish bilan cheklamasdan, uni o‘quvchining kundalik hayoti, shaxsiy tajribasi va mustaqil fikri bilan bog‘lash zarurligi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务