REGISTRATOR OFISI MENEJERLARINING KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASHDA ERGONOMIK KOMPETENTLIK MEZONLARI VA INDIKATORLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada registrator ofisi menejerlari faoliyatini baholashda ergonomik kompetentlik mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida registrator ofisi faoliyatini ergonomik yondashuv asosida takomillashtirish va akademik xizmatlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda kompetensiyaviy tahlil, ekspert baholash, indikatorlarni guruhlash, tizimli modellashtirish va mezonli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar ergonomik diagnostika, ish jarayonlarini qayta loyihalash, raqamli xizmatlarni inson omiliga moslashtirish, xodimlarning ergonomik kompetentligini rivojlantirish va monitoring tizimini joriy etish samaradorlikni oshirishning asosiy shartlari ekanini ko‘rsatdi. Maqolada registrator ofisi faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.



