遇见数据集

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIDA O'YIN TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-02-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning shaxsiy, kognitiv, emotsional-irodaviy hamda ijtimoiy rivojlanishida o‘yin texnologiyalarining pedagogik ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yin faoliyatining bolaning tabiiy ehtiyojlariga mos keluvchi yetakchi faoliyat turi ekanligi, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar doirasida o‘yin texnologiyalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalashuvi masalalari yoritiladi. Maqolada didaktik, syujetli-rolli, harakatli hamda raqamli o‘yinlarning bolaning nutqiy faolligi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy qobiliyatlari va ijtimoiy moslashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali bolalarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari hamda ijobiy motivatsiyani shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘yin texnologiyalarining maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion pedagogik vosita sifatidagi o‘rnini asoslab beradi hamda tarbiyachilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务