KOMPYUTER LINGVISTIKASI; SUN'IY INTELLEKT VA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur maqolada kompyuter lingvistikasining zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan o‘zaro aloqasi hamda tabiiy tilni qayta ishlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kompyuter lingvistikasi doirasida sun’iy intellekt algoritmlarining tabiiy tilni tahlil qilish, qayta ishlash va avtomatik tushunish jarayonlaridagi imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Maqolada tabiiy tilni qayta ishlashning morfologik, sintaktik va semantik tahlil, matnlarni tasniflash, mashina tarjimasi, nutqni tanib olish hamda matn yaratish kabi asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish va neyron tarmoqlarga asoslangan modellarni til ma’lumotlariga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratiladi.



