YOSH BOKSCHILARNING JANGLARDAGI KOMBINATSION HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada yosh bokschilarning janglardagi kombinatsion harakatlarini takomillashtirishning pedagogik va sport-metodik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yosh bokschilarning texnik-taktik tayyorgarligi, jang jarayonida kombinatsion zarbalarni qo‘llash samaradorligi hamda hujum va himoya harakatlarini uyg‘unlashtirish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, kombinatsion harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar, model janglar va innovatsion mashg‘ulot vositalarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalarida yosh bokschilarning tezkor fikrlashi, taktik tafakkuri va jangovar faoliyat samaradorligini oshirishda kombinatsion harakatlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Maqolada yosh bokschilar tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



