YANGI O'ZBEKISTONDA YANGI G'OYALAR VA YANGICHA QARASH ASOSIDA ISHLASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MAZMUNI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida yangi g‘oyalar, innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, ijtimoiy mas’uliyat va yangicha qarash asosida ishlash madaniyatining nazariy-metodologik mazmuni tahlil qilinadi. Tadqiqotda jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki tashkiliy islohotlar bilan emas, balki inson kapitali, fuqarolik faolligi, ilmiy dunyoqarash, ma’naviy yangilanish va ochiq boshqaruv tamoyillari bilan uzviy bog‘liq murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida talqin qilinadi. Maqolada Yangi O‘zbekiston g‘oyasi shaxsning kreativ salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim va mehnat jarayonida natijadorlikni oshirish, milliy qadriyatlarni zamonaviy innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish hamda har bir fuqaroning mamlakat taraqqiyotidagi subyektlik pozitsiyasini kuchaytirish mezoni sifatida yoritiladi.



