ADVOKATURANING DAVLAT MEXANIZMIDA TUTGAN O'RNI
收藏资源简介:
O’z faoliyatida demokratiyaga tayangan davlat borki, davlat mexanizmida advokaturaning o’rni bo’lmasa. Advokatura- bu advokatlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar va ularning mustaqil, ko’ngilli kasbiy birlashmasi hisoblanadi. Aynan mana shu soha vakillari aholining huquqiy ongini o’stirishda, eng oliy qadriyat hisoblanmish insonning erkinligi va huquqini himoya qilishda jonbozlik ko’rsatadilar. Bugungi kunda advokatura davlat mexanizmida muhim o’rin tutayotgani hech kimga sir emas. Mamlakat barqarorligi qonun ustunligiga qonunning ustunligi odil sudlovga tayanadi. Odil sudlovning tayanchi esa advokaturadir. Advokatlarning erkinligi, faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday to’siqning yo’qligi, shuningdek, fuqarolarning bepul yuridik yordamdan foydalana olishi adolatning o’rnatilishiga xizmat qiladi va o’z navbatida yurtimiz hududida sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida insonlarning qonunlarga, sudga va eng asosiysi davlatga bo’lgan ishonchini oshirishga ko’maklashadi.



