"GARRI PОTTER" VA "SARIQ DEVNI MINIB" ASARLARIDA INDIVIDUAL USLUB HAMDA KО'P QATLAMLILIK
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqotda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari hamda J. K. Roulingning “Garri Potter” romanlar turkumining birinchi ikki jildi “Garri Potter va falsafa toshi” va “Garri Potter va maxfiy xona” qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu asarlarning badiiy xususiyatlarini, xususan, syujet qurilishi, makon va zamon talqini, qahramonlar xarakteri hamda fantastik unsurlarning qo‘llanishini aniqlashdan iborat. Tahlil jarayonida asarlarning turli milliy adabiyotlarga mansubligi, ularning genetik jihatdan bog‘lanmaganligi bilan birga, bolalar adabiyotiga xos umumiy estetik tamoyillar asosida mushtarak jihatlari mavjudligi asoslab beriladi. “Garri Potter” asarlarida voqealar to‘liq sehrli-fantastik parallel olamda kechishi, “Sariq devni minib”da esa realistik va fantastik unsurlar uyg‘unligi orqali bolalik dunyosining samimiy va quvnoq manzaralari yaratilishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, Garri Potter va Hoshimjon obrazlari qiyosida maktab muhiti, qahramonlarning xarakteri, qiziqishlari va jasorat, qiziquvchanlik kabi umumiy sifatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari bolalar adabiyotida fantastikaning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini anglashda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.



