QORAQALPOG'ISTON KOLLEKTOR-DRENAJ SUVLARIDA BIOGEN IFLOSLANISHNI KAMAYTIRISHDA SUZUVCHI GIDROFITLARNING (LEMNA MINOR, SPIRODELA POLYRHIZA, PISTIA STRATIOTES) BIOREMEDIATSION SAMARADORLIGINI BAHOLASH
收藏资源简介:
Qoraqalpog‘iston hududida tabiiy va sun’iy suv havzalarida uchraydigan uch tur suzuvchi o‘simlik-Lemna minor, Spirodela polyrhiza va Pistia stratiotesning bioremediatsion samaradorligi maxsus laboratoriya va dala sharoitlarida o‘rganildi. O‘simliklarning 14 kunlik ekspozitsiyasi natijasida suvdagi biogen yuklama sezilarli darajada kamaygani aniqlandi. Oqova suvlarini tozalash maqsadida yuksak suv o‘simliklarning ko‘chatlarini dastlab laboratoriya sharoitida ko‘paytirish uchun maxsus yaratilgan sun`iy ozuqa muhitlarida, sharsimon akvariumlarda, so‘ngra kristallizatorlarda, hamda katta miqdorda betonlangan hovuzchalardan foydalanildi. Bunda yuksak suv o‘simliklaridan eyxorniya (Eichhornia crassipes Solms., Pontederiaceae), pistiya (Ristia stratiotes L., Araceae) va azolla (Azolla saroliniana Willd., Azollaseae) lar dan foydalandik.



