TEXNIKUM TALABALARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA FIZIKA FANINI O'QITISHNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada texnikum talabalarini kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida fizika fanini o‘qitishning ahamiyati tahlil qilinadi. Fizika fani texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada mexanika, elektr, optika va issiqlik hodisalari bo‘yicha olingan bilimlarning kasbiy faoliyatdagi real jarayonlar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, laboratoriya mashg‘ulotlari, amaliy tajribalar va muammoli vaziyatlar asosida ta’lim berish orqali talabalarining mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish va texnik tafakkurini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari fizika fanini kasbiy ta’lim bilan integratsiyalash texnikum bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.



