TAJRIBAVIY GIPERXOLESTERINEMIYADA TALOQDAGI PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tajribaviy giperxolesterinemiya sharoitida taloqda yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlar zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Giperxolesterinemiya lipid almashinuvining buzilishi bilan kechib, nafaqat yurak-qon tomir tizimi, balki immun tizim a’zolariga ham sezilarli morfologik va funksional ta’sir ko‘rsatadi. Taloq immun javobni shakllantirish, qon hujayralarini filtrlash va lipid metabolizmida muhim o‘rin tutuvchi organ hisoblanadi. Maqolada eksperimental giperlipidemiya sharoitida taloq mikrostrukturasi, oq va qizil pulpa o‘zgarishlari, makrofaglar faollashuvi, lipid to‘planishi hamda fibrotik jarayonlar yoritiladi. Shuningdek, oksidlovchi stress, yallig‘lanish mediatorlari va hujayra apoptozi mexanizmlarining patogenezdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Turli hayvon modellari asosidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirilib, taloqdagi morfologik o‘zgarishlarning tizimli ahamiyati ochib beriladi. Ushbu maqola giperxolesterinemiya fonida immun organlar o‘zgarishlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi va kelgusidagi ilmiy ishlanmalar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.



