MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARI ORQALI AXLOQIY-ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali axloqiy-estetik tarbiyani shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ertaklar, maqollar, topishmoqlar, rivoyatlar va boshqa folklor namunalarining bolalarda axloqiy fazilatlar, estetik did, milliy qadriyatlar hamda ijobiy xulq-atvorni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi vositasida bolalarda mehr-oqibat, hurmat, halollik, go‘zallikni anglash kabi sifatlarni shakllantirishning samarali usul va metodlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojida xalq og‘zaki ijodidan foydalanishning ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



